Jamiyat | 10:19 / 29.08.2015
3157
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyadagi qochqinlar boshpanasi eshigiga fashistik graffiti bitib ketildi

Daniya sharqidagi muhojirlar yashayotgan Qizil Xoch jamiyati binosi eshigiga svastika tasvirlangan tahdidona graffiti yozib ketildi. Bu haqda TRTWorld nfshrida xabar berilgan.

Bu graffiti yoniga Daniya milliy-sotsialistik harakati abbreviaturasi tushirilgan.

Shuningdek, markazga tegishli mikroavtobus ham yoqib yuborilgan.

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, bunday hodisa shu tuman hududida uchinchi marta sodir bo‘lmoqda. Bundan oldingi voqealar shu yilning 20 martida va 31 iyul kunlarida sodir bo‘lgan.

Markaz rahbariyati bu voqeani muhojirlar tomoniga bildirilgan navbatdagi ogohlantirish sifatida qabul qildi. Politsiya esa buni vahshiylik deya baholamoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu markazda Daniya hukumatidan boshpana so‘ragan 120 nafar kishi qo‘nim topgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish