Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab dastlabki besh qavatli uylar qurilishi tugallandi. Shu munosabat bilan 1news.uz internet nashri muxbiri O‘zbekiston poytaxtining besh qavatli yangi turar-joy binolari qurilgan hududidagi holatni tasvirga oldi.
Mazkur hududda 2015 yil oxiriga qadar yana 10ta turar-joy binosi barpo etilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Olmazor tumani aholisi bilan uchrashuv chog‘ida yaqin besh-olti yil ichida Eski shahar o‘rnida superzamonaviy shahar bunyod etilishini ma'lum qilgan edi.