O‘zbekiston | 23:32 / 29.08.2015
4391
1 daqiqa o‘qiladi

JV MAN Auto-Uzbekistan avtobeton-nasos ishlab chiqarishni boshladi

Samarqand viloyatida JV MAN Auto-Uzbekistan zavodida MAN TGS 41.400 8X4 BB avtobeton-nasos ishlab chiqarish boshlandi. Ushbu mashina maxsus beton tashuvchi vositalardan olingan beton qorishmasini qabul qilishga hamda gorizontal va vertikal holatda uni quyish kerak bo‘lgan joyga berish uchun mo‘ljallangan.

Avtobeton-nasos – bu zamonaviy mobil qurilmalar bo‘lib, monolit bino va inshootlarni qurishda, poydevorlarni quyishda, quyiluvchi pollar qurilmalarida ishlatiladi. Statsionar qurilmalarga nisbatan katta afzallik – harakatchanlik va monolit ishlarning uzluksiz siklini ta'minlash imkoniyatiga ega.

Avtobeton-nasosning qo‘llanishi monolit konstruksiyalarni barpo qilish jarayonini sezilarli ravishda tezlashtiradi, qo‘l mehnatini yengillashtiradi, obektlarni qurish muddatlarini qisqartirishga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish