Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda
Mamlakatimiz mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli jamoat arboblari va ishbilarmon doira vakillaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Ularda davlatimiz rahbariga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.
Quyidagi o‘z tabriklarini yo‘llagan shaxslar nomlari keltirilgan:
Yaponiya Imperatori – Akixito
Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti – Yoaxim Gauk
Rim-katolik cherkovi rahbari – Papa Frantsisk
Belarus Respublikasi Prezidenti – Aleksandr Lukashenko
Tojikiston Respublikasi Prezidenti – Imomali Rahmon
Bangladesh Respublikasi Prezidenti – Abdul Hamid
Kuba Respublikasi Davlat Kengashi va Vazirlar Kengashining Raisi – Raul Kastro Rus
Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Oliy Xalq Majlisi Prezidiumining Raisi – Kim Yen Nam
Gruziya Bosh vaziri – Irakliy Garibashvili
Islom hamkorlik tashkilotining Bosh kotibi – Iyyad Amin Madaniy
“Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi” raisi – Abdulla Xo‘ja
“MAKSAM” kompaniyasining prezidenti va ijrochi direktori – Xose Fernando Sanches-Xunko
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining rektori – Viktor Grishin
Qutlovlar kelishi davom etmoqda, deb yozadi UzA.