12:06 / 29.08.2015
12817

Marinika Babanazarova: “Mendan shunchaki shoshilinch voz kechishdi”

Qoraqalpog‘istondagi Igor Savitskiy nomidagi davlat san'at muzeyi direktori Marinika Babanazarova o‘zining feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Madaniyat va sport vaziri Bahodir Ahmedov nomiga murojaatini e'lon qildi.

Babanazarova o‘z murojaatida 21 avgustdagi nafaqaga chiqish haqidagi arizasiga izoh berar ekan, uning bosim va kuchli stress ostida yozilganini ta'kidlab o‘tdi.

“Men hech qachon, hech kimdan mansab talab qilmaganman, biroq nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki O‘zbekistonda ham san'at rivoji uchun qo‘shgan hissam uchun hech bo‘lmaganda tuzukroq nafaqa tayinlanishi faqatgina mening fikrim emas”, – deydi Babanazarova.

“Mendan shunchaki voz kechishdi. Jamoaning bo‘lib o‘tayotgan hodisalariga munosabatini ko‘rib, 24 avgust kuni men ishdan bo‘shash haqidagi arizamni qaytarib oldim. Shuningdek, muzeyning beparvo kishilar javobgarligi ostiga tushib qolayotganini tushunib yetdim. Shu sababdan jamoaning mening qaytishim to‘g‘risidagi noroziligiga qo‘shildim”, – deya qo‘shimcha qildi Babanazarova.

U o‘z murojaati so‘ngida 1984 yilda direktor sifatida tanlagan jamoa hamda jamoatchilikning muzey XALQ MULKI ekani haqidagi fikri nihoyatda muhim ekanini ta'kidlab o‘tdi.

Top