Jahon | 12:47 / 29.08.2015
3475
1 daqiqa o‘qiladi

Minglab namoyishchilar Malayziya bosh vaziri iste'fosini talab qilib chiqdi

10 ming nafarga yaqin kishi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahri ko‘chalariga mamlakat vazirlar mahkamasi rahbari Najib Razak iste'fosini talab qilib chiqishdi.

Norozilik aksiyasi ikki kun davom etishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Malayziya hukumati namoyishni noqonuniy deb topib, Bersih haqqoniy saylovlar uchun nodavlat tashkilotining aksiya o‘tkazish haqidagi murojaatini qaytargan edi. Shu bilan birga, tashkilotning rasmiy veb-sahifasiga ham hukumat tomonidan to‘siq qo‘yildi.

2015 yilning iyul oyida Malayziya hukumati bosh vazirning shaxsiy hisob raqamiga 1Malaysia Development Bhd (1MDB) davlat investitsiya jamg‘armasidan 700 mln dollar miqdorida pul o‘tkazilganidan so‘ng tekshiruv ishlari boshlangan edi.

O‘z navbatida, bosh vazir tergov olib borishga rahbarlik qilgan bosh prokurorni lavozimidan bo‘shatib yubordi.