Misrda "Al-Jazira" telekanali xodimlariga 3 yildan qamoq jazosi tayinlandi
Misr sudi arablarning "Al-Jazira" telekanali xodimlari bo‘lgan 3 kishiga nisbatan yakuniy hukmni e'lon qildi. G‘arb matbuotida ma'lum qilinishia, sud ishining qayta ko‘rib chiqilishidan keyin bu shaxslarga nisbatan 3 yildan qamoq jazosi tayinlangan.
2014 yilning iyun oyida "Al-Jazira" telekanalining 3 nafar xodimi qamoqqa olingandi. O‘shanda telekanalning avstraliyalik muxbiri Piter Grist hamda kelib chiqishi misrlik bo‘lgan Kanada fuqarosi, kanalning Qohiradagi bo‘limiga rahbarlik qilgan Muhammad Fahmiyga 7 yildan, telekanal prodyuseri, misrlik Baxer Muhammadga esa 10 yillik qamoq jazosi tayinlangandi.
Ularga nisbatan Misr hududida taqiqlangan "Musulmon birodarlar" tashkilotiga yordam berganlik aybi qo‘yilgan.
Shundan so‘ng, appelyatsiya bilan murojaat qilingan va sud ishi 1 yil davom etdi.