Jamiyat | 08:31 / 29.08.2015
3677
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Sberbank filialiga qurolli bosqin uyushtirildi

Sberbankning Moskva janubi-sharqida joylashgan filiallaridan biriga noma'lum shaxs qurol bilan bostirib kirdi va muassasa xodimlaridan birini jarohatladi. Bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga asoslangan holda "Interfaks" nashri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, Volgogradsk shoxko‘chasi bo‘yida joylashgan bankka hujum uyushtirilgan.

Jinoyatchi bank xodimini jarohatlagach, pullarni qopga solgan va voqea joyidan yashiringan. Uning aynan qancha miqdordagi pulni olib ketganiga aniqlik kiritilmagan.

Ayni vaqtda voqea joyida politsiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Jarohatlangan bank xodimi shifoxonaga yotqizilgan, uning ahvoli o‘rta darajadagi og‘irlikda, deb baholangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish