"Oryol i reshka. Shopping" ko‘rsatuvining O‘zbekistonga atalgan soni 4 sentabrda namoyish etiladi
Joriy yilning iyun oyida Ukrainaning mashhur "Oryol i reshka. Shopping" loyihasi ijodkorlari O‘zbekistonga kelgan hamda Samarqand, Toshkent va Buxoro shaharlarida ko‘rsatuvning navbatdagi sonini suratga olishgandi.
4 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da "Pyatnitsa" telekanalida ko‘rsatuvning O‘zbekistonga atalgan soni namoyish etiladi.
Ma'lumot uchun, loyihaga ko‘ra, har haftada ikki boshlovchi shopping uchun dunyoning turli shaharlariga boradi, ulardan biriga pul miqdori chegaralanmagan "oltin bank kartasi", ikkinchisiga esa bor-yo‘g‘i 100 dollar beriladi. Kim nimani olishi esa tanga tashlash orqali aniqlanadi. Agar "burgut" tushsa, boshlovchi oltin kartani, aks holda 100 dollarni oladi.
Dastur davomida boshlovchilar teletomoshabinlarni shaharning diqqatga sazovor joylari, o‘zlari yashayotgan mehmoxona va uning narxlari bilan tanishtiradi.