O‘zbekiston | 12:28 / 29.08.2015
8194
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha Britaniya va Yaponiyadan so‘ng 3- bo‘ldi

O‘zbekiston umumiy aholisiga nisbatan uzoq umr ko‘ruvchilar (100 yosh va undan oshganlar) soni bo‘yicha davlatlar o‘nligida uchinchi, uzoq umr ko‘ruvchilarning umumiy miqdori bo‘yicha esa oltinchi o‘rinni egalladi. Ushbu ro‘yxatga Sobiq Ittifoq mamlakatlaridan Rossiya va Ukraina ham kiritildi.

Ukrainaning “ElVisti” axborot markazi mutaxassislari so‘nggi 20 oy (2014 boshidan buyon) ichida elektron ommaviy axborot vositalarida chop etilgan 100 yoshdan oshgan kishilar haqidagi materiallarni tahlil qilib, ushbu xulosaga kelishdi.

Ushbu davr ichida e'lon qilingan 4,5 millionta materialning 450tasida uzoq umr ko‘rish mavzusi ko‘tarilgan. Ular asosida 100 yoshdan oshgan kishilar haqidagi kishilar soni aniqlanib, aholisi uzoq umr ko‘ruvchi 17 mamlakat ro‘yxati tuzib chiqildi.

Umumiy aholisiga nisbatan uzoq umr ko‘ruvchilar soni hisoblab chiqilganida, O‘zbekiston Britaniya va Yaponiyadan so‘ng uchinchi o‘rinni egalladi. Uzoq umr ko‘ruvchilar soni bo‘yicha esa Yaponiya, Xitoy, AQSh, Britaniya va Italiya mamlakatlaridan so‘ng oltinchi o‘rinda qayd etildi.

Ta'kidlash o‘rinliki, mazkur ro‘yxatga asos bo‘lgan maqolalarning 152tasi Rossiya, 113tasi Ukraina, 64tasi Belarus Respublikasi, 40ta Qozog‘iston va 13tasi Ozorbayjon hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa mamlakatimiz elektron ommaviy axborot vositalarida bu borada ko‘plab ishlar olib borilishi zarurligini ko‘rsatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish