Jahon | 16:46 / 29.08.2015
2897
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Konstitutsiyadan shaharlarning alohida maqomi normasi olib tashlanishiga va'da berdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat Konstitutsiyasiga Donbass uchun alohida maqom berish haqidagi o‘zgartishlar kiritish rejalashtirilmayotgani, shuningdek, unda boshqa shaharlarning maxsus maqomini belgilovchi normalar ham bo‘lmasligini yana bir bor ta'kidlab o‘tdi.

Uning qayd etishicha, Zaporojyets viloyati kengashi ham prezident va Yuqori Radaga viloyatga alohida maqom berilishini so‘rab murojaat qilgan.

“Suverenitetlar paradi shu taxlit davom etadi. Bizning Konstitutsiyaga kiritgan o‘zgartishimiz mazkur moddani olib tashlaydi va hech qanday maqomlar bo‘lmaydi”, – dedi Poroshenko.

U, shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlar alohida maqom emas, balki Donetsk va Lugansk viloyatlari alohida hududiy-ma'muriy birliklarining mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruvini o‘ziga xos tarzda tartibga solish uchun imkon beradi xolos.

Amaldagi Ukraina Konstitutsiyasining 92-modda 16-bandida Ukraina qonunlari istisno tarzida: Ukraina poytaxti maqomini; boshqa shaharlarning maxsus maqomini belgilab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish