Rossiya vokzallarida Wi-Fi tarmog‘ini joriy qilish uchun 60 mln rubl ajratildi
Rossiya temir yo‘llari vokzallarida Wi-Fi tarmog‘ini tashkil etish uchun 60,2 mln rubl ajratildi. Buni tashkil qilish uchun tegishli tenderni “Transtelekom” kompaniyasi e'lon qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Texnik vazifaga ko‘ra, vokzallarda internetga kunbo‘yi kirish imkoniyati kutish, rasmiy delegatsiya va yuqori qulaylik zallari, onalar va bolalar xonalari hamda uzoqqa jo‘nash va shahar atrofidagi aloqalar kassa zallarida tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatdan ko‘rinishicha, Wi-Fi xizmati Rossiyaning 79 ta vokzalida, jumladan, Moskva (Paveletsk, Leningrad, Kursk, Kiyev, Belarus, Riga, Qozon, Savelov va Yaroslavsk vokzallari), Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Qozon, Nijniy Novgorod, Astraxan, Volgograd, Mahachqal'a, Stavropol, Krasnodar, Sochi, Rostov-Don, Yekaterinburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Xabarovsk va Vladivostokdagi vokzallarda tashkil etilishi talab etiladi.
Xizmatlar joriy yilning 31 avgustigacha bajarilishi kerakligi belgilab qo‘yildi.