Jahon | 16:37 / 29.08.2015
3114
1 daqiqa o‘qiladi
Svazilendda ayollar festivaliga ketayotgan avtobus YTHga uchrab, kamida 38 kishi halok bo‘ldi
20 avgust kuni Afrika qit'asi janubida joylashgan Svazilend qirolligida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
AVS telekanali ma'lumotiga ko‘ra buning natijasida kamida 38 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Aniqlik kiritilishicha, halokat qurbonlarining asosiy qismini yosh ayollar va qizlar tashkil etadi. Bu jamoa festivalga ketayotganida fojiaga yo‘liqqan.
Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.