O‘zbekiston | 17:45 / 29.08.2015
7188
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuridik universitet abituriyentidan 40 ming dollar talab qilgan firibgar 10 yilga qamaldi

Yuridik universitetiga kiritib qo‘yishni va'da qilib, buning evaziga 40 ming dollar so‘ragan odam sud tomonidan 10 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda shahar prokuraturasi bo‘limi AMIB katta tergovchisi Husan Husanov axborot berdi.

Aytilishicha, Mohira ismli ayol ukasini o‘qishga kiritish maqsadida o‘zini Erkin deb tanishtirgan surxondaryolik Suhrob Salimovga murojaat qilgan. U Mohiradan 40 ming dollar so‘ragan. Bu pulni to‘lay olmasligini aytib ketgan ayolga tez-tez qo‘ng‘iroq qilib, pulni yetkazishni talab qilgan va hatto bir necha bora tahdid qilgan.

Shunda Mohira tegishli organlarga murojaat qilgan. Firibgar qurbonidan pul olayotgan chog‘da jinoyat ustida qo‘lga olingan.