Jahon | 20:09 / 29.08.2015
6031
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya AQSh bilan hamkorlikda ilk marta IShID pozitsiyalariga havodan zarbalar berdi
Turkiya samolyotlari "IShID"ga qarshi koalitsiya tarkibidagi ilk ishtirokini amalga oshirdi va Suriyadagi jangarilarning bazalarini bombaladi. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi ma'lum qilgan.
"Bizning harbiy samolyotlar 28 avgust kuni koalitsiya samolyotlari bilan birgalikda "IShID"ga qarshi harbiy amaliyotlarda ishtirok etdi. Turkiyaga janubdan jangarilar tufayli xavf mavjud bo‘lib turibdi va biz uchun terrorizmga qarshi kurashish birinchi navbatdagi masalaga aylangan. Bu kurash davom etadi", deyiladi vazirlik hisobotida.
Qayd etish kerakki, 24 avgust kuni Turkiya va AQSh o‘rtasida "IShID"ga qarshi hamkorlikda kurashishni nazarda tutuvchi hujjat imzolangandi.