Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kurdlar va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 5 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning janubi-sharqida kurd isyonchilari va turk huquq-tartibot muassasalari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida 5 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Turkiya hukumatining ma'lum qilishicha, isyonchilar hukumat binolariga xujum qilganlar. Isyonchilar dastaki tankka qarshi granatomyotlardan foydalanganlar. Snaryadlarning portlashi oqibatida ikki nafar isyonchi va bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi.
Shifoxona oldida sodir bo‘lgan yana bir hujumdagi otishmada ikki politsiyachi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 24 nafar odam avtobus portlashi oqibatida jabr ko‘rdi.