Jahon | 21:45 / 29.08.2015
3274
1 daqiqa o‘qiladi

Tyantszindagi fojia qurbonlari 147 nafarga yetdi

Xitoyning Tyantszin shahridagi omborxonalardan birida 12 avgustda yuz bergan portlashlar qurbonlari soni 147 kishiga yetdi. Shahar shoshilinch xizmatlarining ma'lumotlariga ko‘ra, yana 26 kishi bedarak yo‘qolgan.

Qurbonlarning 89 nafarini o‘t o‘chiruvchilar, 10 nafarini politsiyachilar va 48 nafarini oddiy fuqarolar tashkil qilmoqda. Ma'lum qilinishicha, hozirda barcha jasadlar shaxsi o‘rnatilgan.
Bedarak yo‘qolganlar orasida 15 nafar o‘t o‘chiruvchi, 1 nafar politsiyachi va 10 nafar oddiy fuqaro bor.
Fojia oqibatida 800 ga yaqin odam jarohat olgan, ulardan 383 nafari hali ham shifoxonada qolmoqda. Ulardan 21 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
415 nafar kishi shifoxonadan uyiga chiqarib yuborilgan.