Jamiyat | 04:56 / 29.08.2015
2749
1 daqiqa o‘qiladi

Zarafshonda 6 mln so‘mlik gaz to‘lovlarini o‘zlashtirib yuborgan xodimlar qo‘lga olindi

Zarafshonda 6 mln so‘mlik gaz to‘lovlarini o‘zlashtirib yuborgan xodimlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, “G‘arbgazta'minot” UK “Zarafshonshahargaz” filiali yetakchi hisobchisi R. Jo‘rayev idora xodimlari O. O‘tayev va A. Safarovlar bilan til biriktirib, “Zarafshon Fayziyor” MChJga qarashli novvoyxonaning tabiiy gazdan qarzdorligi asosida ulardan 917 ming so‘m pul undirgan, lekin bu mablag‘ni kassaga kirim qilmay, o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Tekshiruv jarayonida jinoiy guruh turli korxonalardan jami 6 mln so‘mga yaqin pul to‘plab, o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.