Sport | 23:24 / 30.08.2015
3217
2 daqiqa o‘qiladi

“Manchester Yunayted” o‘zining mavsumdagi ilk mag‘lubiyatiga uchradi, “Sautgempton” “Norvichni” yutdi

Angliya Premer-ligasining 4-turi doirasida “Suonsi Siti” o‘zining uy maydoni – “Liberti” stadionida “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Mankunianliklar mavsumdagi o‘zlarining birinchi mag‘lubiyatlariga uchradilar.

2-bo‘lim boshida Xuan Mata mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqishdi. 61-daqida Andre Ayyu hisobni tenglashtirdi. Ikki daqiqa o‘tib mezbon o‘yinchi Bafetimbi Gomis o‘z hisobiga to‘p yozib qo‘ydi.

Chempionatning 4-turidan keyin 8 ochkogo ega bo‘lgan “Suonsi Siti” chempionatda 4-o‘rinni, “MYu” esa 7 ochko bilan 5-o‘rinni egallamoqda,

Angliya Premer-ligasi. 4-tur

Suonsi Siti – Manchester Yunayted – 2:1
Gollar: Mata, 48 (0:1); Ayyu, 61 (1:1); Gomis, 66 (2:1).


Turning yana bir uchrashuvida “Sent-Meri” maydonida “Sautgempton” “Norvich”ni qabul qildi. Uchrashuv 3:0 hisobida
maydon egalarining g‘alabasi bilan yakunlandi.

Sautgempton – Norvich – 3:0
Gollar: Pelle, 45+1 (1:0); Tadich, 64 (2:0); Tadich, 67 (3:0).
Chetlatish: Uittakker, 31 (Norvich).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish