“Zenit” Vitselning “Milan”ga o‘tishiga rozilik berdi
“Zenit” yarimhimoyachisi Aksel Vitselning ish boshqaruvchisi Franchesko Marselyaning aytishicha, yarimhimoyachi yaqin orada “Milan” safiga o‘tishi mumkin.
“Oxirgi soatlarda aloqalar bo‘lganini tasdiqlashimiz mumkin. Barchasi “Milan”ga bog‘liq. Vitsel “Zenit” prezidenti bilan gaplashdi va u uning klubdan ketishiga rozilik berdi. Aksel “Milan”ga o‘tmoqchi va agar rossonerlar lozim topishsa, ertadanoq bu jamoaning futbolkasini kiyishga tayyor.
Kelishuv shartlari xususida gapiradigan bo‘lsak, bu agar o‘yinchi “Milan” tarkibida 20 dan ko‘p o‘yinda ishtirok etsa, 22-23 mln yevroga sotib olish majburiyati bilan 3 mln yevroga ijaraga olish shaklida bo‘lishi mumkin. Umid qilamanki, kelishuv transfer oynasi yopilgunga qadar amalga oshadi”, deb aytmoqda Marselya.