Jahon | 15:48 / 30.08.2015
2848
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh davlat departamenti: Misr hukumati Al Jazeera jurnalistlari ustidan chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqishi lozim

AQSh Misr jinoiy sudi tomonidan Qatarning Al Jazeera telekanali muxbirlari ustidan chiqarilgan hukmga nisbatan o‘z xavotirini bildirib, mazkur qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Bu haqda davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Jon Kirbi ma'lum qildi.

“Qo‘shma Shtatlar Al Jazeera telekanalining uch nafar jurnalisti ustidan chiqarilgan Misr sudi qaroridan chuqur hayratga tushib, xavotir olmoqda”, – dedi Kirbi. Uning qayd etishicha, matbuot erkinligi “har qanday erkin jamiyatning asosi bo‘lib, demokratik taraqqiyot uchun nihoyatda muhim”.

Misr sudi tomonidan Kanada fuqarosi Muhammad Faxmiy, avstraliyalik jurnalist Piter Grist va misrlik prodyuser Bohir Muhammad 2013 yilgi prezident Muhammad Mursiyning hokimiyatdan chetlatilgan davrda Misrdagi OAV xodimlari birlashmasida ro‘yxatdan o‘tmagan holda mamlakat hududiga asbob-uskunalarni olib kirish, mehmonxonada noqonuniy ravishda translyatsiya nuqtasini o‘rnatib, «yolg‘on xabarlar»ni uzatishda ayblanib, uch yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.