Jahon | 09:30 / 30.08.2015
3362
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda to‘fon oqibatida 370 ming kishi elektr energiyasisiz qolib ketdi

AQShning Vashington shtatidagi Sietl shahriga kelib urilgan to‘fon oqibatida 2 kishi qurbon bo‘ldi, 370 ming kishi elektr ta'minotisiz qolib ketdi, deb xabar bermoqda Seattle Times nashri.

Qayd etilishicha, to‘fon qurbonlari – erkak va va 10 yashar qizcha shamol oqibatida qulagan daraxtlar ostida qolib ketib halok bo‘lganlar.

Meteorologlar ma'lumotlariga ko‘ra, shamolning maksimal tezligi soatiga 128 km ni tashkil qilgan. To‘fon oqibatida elektr ta'minoti liniyalari shikastlangan. Mahalliy hokimiyat Xud-Kanal osma ko‘prigidan transport harakatini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi.