Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi beysbol musobaqasi vaqtida tribunadan yiqilgan mast ishqiboz vafot etdi
AQSh Beysbol bosh ligasi (MLB)ning “Atlanta Breyvz” va “Nyu-York Yankiz” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv vaqtida ishqibozlardan biri “Terner Fild” o‘yingohi tribunasidan yiqilib tushdi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.
Hodisa guvohlarining aytishicha, ishqiboz tribunaning baland qavatidan beton polga qattiq urilgan. Guvohlardan biri uning mast holda ekanini aytgan.
Stadiondagi shifokorlar erkak kishiga uni zambilda kasalxonaga olib ketilguniga qadar sun'iy nafas berib turgan.
Biroq oradan vaqt o‘tib, Atlanta politsiyasi ishqibozning olgan jarohatlari sababli vafot etganini ma'lum qildi.
Bu AQSh beysbol maydonlarida sodir bo‘lgan birinchi shu kabi hodisa emas. 2011 yilda beysbol maydonida uchib kelayotgan koptokni tutmoqchi bo‘lgan boshqa bir muxlis ham yiqilib, jon taslim qilgan edi. 2013 yilda esa “Terner Fild” stadionining o‘zida ishqibozlardan birining qulab tushib vafot etganini politsiya o‘z joniga qasd qilish deya baholagan.