Jahon | 01:20 / 30.08.2015
3006
1 daqiqa o‘qiladi

Avstriyada politsiya yuk mashinasi kuzovi ichida o‘lishiga bir bahya qolgan 26 nafar qochqinni qutqarib qoldi

Avstriya politsiyasi trassani nazorat qilayotganda shubhali yuk mashinasini to‘xtatganda, u qochib ktishga urindi. Biroq politsiya uni taqib qilib, to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan. Yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda kuzovi ichida Suriya va Afg‘onistondan 26 nafar qochqin borligi aniqlandi, deb xabar bermoqda Newstalk nashri.
Qochqinlar tashnalik sababli deyarli o‘lim yoqasiga kelib qolishgan. Ular orasida uch nafar maktabgacha yoshdagi bola ham aniqlandi, ulardan birining ahvoli juda og‘ir bo‘lgan.
Politsiya chaqirtirgan tez tibbiy yordam bolalar va ularning ota-onasini mahalliy shifoxonaga yetkazdi.
Nashrning ma'lum qilishicha, muhojirlarni 29 yoshli ruminiyalik fuqaro olib ketayotgan bo‘lgan.
Bundan avval Avstriyada yo‘l chetida qoldirib ketilgan yuk mashinasining ichidan 70 dan ko‘proq muhojirning jasadi topilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish