Beyl va Rodrigesning dubllari “Real”ga “Betis”ni tor-mor qilishga yordam berdi
Ispaniya Primerasining 2-turida Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Betis” ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq Beyl hisobni ochdi. 39-daqiqada Xames Rodriges hisobni 2:0 ga yetkazdi. Uchrashuvning 2-bo‘limi boshida Karim Benzema 3-to‘pni kiritdi. Undan 3 daqiqa o‘tib, 50-daqiqada kolumbiyalik futbolchi o‘zining 2-to‘pini kiritdi. 61-daqiqada mehmonlar 11 metrlik jarimadan to‘p urish imkoniyatini qo‘ldan boy berishdi – Ruben Kastro buning uddasidan chiqa olmadi. O‘yin hisobidagi yakuniy nuqtani 89-daqiqada Beyl qo‘ydi.
“Real” bu g‘alabasidan keyin 4 ochko yig‘ib, musobaqa jadvalidagi holatini yaxshilab oldi. “Betis” esa 1 ochko to‘plagancha.musobaqaning quyi o‘rinlaridan joy olmoqda.
Ispaniya chempionati. 2- tur
Real Madrid (Madrid) – Betis (Sevilya) – 5:0
Gollar: Beyl, 2 (1:0); Rodriges, 39 (2:0); Benzema, 47 (3:0); Rodriges, 50 (4:0); Beyl, 89 (5:0).
Amalga oshirilmagan penalti: Kastro (Betis), 61.