14:58 / 30.08.2015
4639

Bugun, 30 avgust kuni 61 yoshga to‘lgan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko mulohazalaridan

Bugun, 30 avgust kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko 61 yoshni qarshi oldi. U 1954 yil Belarussiyaning Viteb viloyatida dunyoga kelgan. Belarus Respublikasining birinchi prezidenti (1994 yildan hozirgi vaqtgacha). Quyida Aleksandr Lukashenkoning mashhur iboralarini taqdim etamiz.

Men — Yevropadagi, ehtimol dunyodagi eng so‘nggi va yagona diktatorman... Sizlar bu yerga kelib, tirik diktatorni ko‘rdingiz.

Belarus yo‘qolib ketish arafasiga kelib qolgandi. Men uning oldinga qadam tashlashiga yordam berdim.

Lukashenko hech narcha o‘g‘irlamaydi. chunki uning yashiradigan joyi yo‘q

Biz bu tor joyni kengaytiramiz va tug‘ilishlar sonini oshiramiz.

Belarus xalqi tavakkal qildi va meni prezidentlikka saylashdi. Bu tarixda judayam kam sodir bo‘ladi va ehtimol kelgusida bo‘lmas.

Men bolalikda jonivorlar va o‘simliklar orasida voyaga yetganman.

Ehtimol yomon yasharsiz, lekin bu uzoq davom etmaydi ...

Top