Jahon | 11:18 / 30.08.2015
2442
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Afg‘onistonga kelgusida ham har tomonlama ko‘mak berishga va'da berdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer e'lon qilinmagan qisqa muddatli tashrif bilan Afg‘onistonga keldi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, vazir tashrif davomida Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashadi. Shtaynmayyer va Ashraf G‘ani Ahmadzay mamlakatdagi qayta isloh qilish, terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

“Afg‘oniston fuqarolari kelgusida ham Germaniyaning g‘amxo‘rligi, qayta tiklash va taraqqiyot sohasida ko‘p tomonlama hamkorligimiz, NATO missiyasidagi hissamiz va afg‘on havfsizlik kuchlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashimizga ishonch bildirishlari mumkin”, – deya vazir so‘zlaridan iqtibos keltiridi GFR TIV.

Bu Shtaynmayyerning tashqi ishlar vaziri sifatida Afg‘onistonga yettinchi bor tashrif buyurishi hisoblanadi. Kobuldan so‘ng u Pokistonga jo‘nab ketadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish