O‘zbekiston | 11:25 / 30.08.2015
6402
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “marixuana” giyohvand moddasining katta partiyasi aniqlandi

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori–2015” amaliyoti chog‘ida giyohvand moddalarning katta partiyasi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, “Erkin” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlardan biri ko‘zdan kechirilganda, yordamchi binoga yashirib qo‘yilgan 1 kg 723 gr miqdoridagi “marixuana” giyohvand moddasi aniqlandi va daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Mazkur ish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.