Panasonic Pekindagi zavodini yopmoqda va 1300 xodimni ishdan bo‘shatmoqda
Yaponiyaning elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Panasonic iste'mol elektronikasi uchun akkumulyator ishlab chiqaruvchi zavodlardan birini yopish va kompaniyaning elektromobillar quvvat manbai kabi yuqori daromadli mahsulotlarga yo‘nalganini nazarda tutuvchi strategiyasi doirasida ishchilarni qisqartirish haqidagi rejalarini e'lon qildi.
2015 yil avgust oyining oxirigacha Panasonic’ning Pekinda joylashgan, mobil telefon va raqamli kameralar uchun litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonasi ishini to‘xtatadi.
2000 yilda ishga tushirilgan, dastlab Sanyo Electric kompaniyasiga qarashli bo‘lgan zavod 2009 yilda kompaniya Panasonic tomonidan sotib olingandan keyin uning ixtiyoriga o‘tgan. Zavod Nokia qurilmalari uchun akkumulyator ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lgan. Panasonic vakili Yayoi Vatanabening aytishicha, fotoapparatlar va mobil telefonlarga talab pasaymoqda va aynan shu holat zavodning yopilishiga sabablardan biri bo‘lmoqda.
Zavod yopilishi natijasida 1300 kishi qisqartiraladi. Zavod xodimlari bundan iyul oyi oxirida ogohlantirilganlar, deb aytmoqda Yayoi Vatanabe.