Jahon | 10:25 / 30.08.2015
2610
1 daqiqa o‘qiladi

Puerto-Riko to‘fon tufayli davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilishni ortga surdi

Puerto-Riko hukumati tropik to‘fon tufayli 72 mlrd dollar atrofidagi davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilishni 8 sentabrga qadar ortga surdi, deya xabar berdi Reuters.

Bu haqda orol gubernatori Alexandro Garsia Padilyaning rasmiy vakillari ma'lum qildi.

Ekspertlar davlat qarzdorligini sezilarli darajada qisqartirish va inqirozdan chiqish haqida hisobot taqdim etishlari lozim edi. Biroq orolga tahdid solishi mumkin bo‘lgan “Erika” tropik to‘foniga tayyorgarlik ishlari sababli bu ish o‘z vaqtida nihoyalanmay qoldi.

Bundan avvalroq esa Puerto Riko defolt arafasida ekani ma'lum qilingan edi.
Puerto Riko Karib dengizidagi AQSh nazorati ostida bo‘lgan shu nomdagi orolda joylashgan, AQSh bilan fuqaroligi, pul birligi va mudofaa jihatdangina bog‘liq “erkin qo‘shilgan” maqomida ega davlat hisoblanadi.