Jahon | 16:53 / 30.08.2015
2778
1 daqiqa o‘qiladi

Saudi Aramco neft kompaniyasi xodimlari yashaydigan turar-joy kompleksida yong‘in kelib chiqdi

Saudiya Arabistonidagi turar-joy kompleksida kelib chiqqan yong‘in tufayli bir kishi hayotdan ko‘z yumdi, 30 kishi turli darajada tan jarohati oldi, deya xabar berdi Reuters.

Mahalliy vaqt bilan ertalab 5:45da Saudi Aramco kompaniyasi o‘z xodimlarining yashashi uchun ijaraga olgan Al-Xubar shahridagi “Radium” turar-joy kompleksida yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar qilindi.

Yetti qavatli “Radium” kompleksida 500ga yaqin xonadon mavjud. Unda Saudi Aramco neft kompaniyasining xodimlari istiqomat qiladi.

Ayni paytda qutqaruvchilar yong‘indan qochib bino tomiga chiqib olgan odamlarni evakuatsiya qilmoqda.