Jahon | 20:44 / 30.08.2015
4269
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonida yuz bergan yong‘inda halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi

Saudiya Arabistonida Al-Xubar shahridagi turar-joy majmuasida yong‘in chiqishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi, yana 219 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Al-Arabiya” telekanali.
Avvalroq yong‘inda 6 kishi halok bo‘lgani, 206 kishi, jumladan xorijiy fuqarolar jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Soat 05:45 da o‘t o‘chiruvchilarga Saudi Aramco davlat neft kompaniyasining xodimlari yashaydigan Radium turar joy majmuasining 1-qavatida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Radium majmuasi yetti qavatdan iborat bino bo‘lib, unda 500 ga yaqin kvartira joylashgan. Avvalroq o‘t o‘chiruvchilar bino ichidan va tomidan odamlarni evakuatsiya qilayotgani aytilgandi. Yong‘in hududida vertolyotlar vaziyatni nazorat qilmoqda.