Syuzan Rays Xitoy rahbariyati bilan Vashington va Pekin munosabatlarining rivojlanishini muhokama qildi
Xitoy poytaxti Pekinda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Syuzan Rays Xitoy raisi Si Tszinpin va mamlakat rhbariyatining boshqa vakillari bilan Vashington va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishi hamda davlatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi vakili Ned Prays ma'lum qildi.
Syuzan Rays, shuningdek, Xitoy Davlat kengashi a'zosi Yan Tszechi bilan uchrashdi. AQShda ularning suhbatiga “rostgo‘y va sermahsul” deya ta'rif berildi. Yan Tszechi va Rays “masalalarning keng ko‘lami, jumladan, Eron, Shimoliy Koreya, iqlim o‘zgarishi va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish zarurligi” haqidagi bir fikrga kelishdi.
Rays, shuningdek, Xitoy rahbariinng sentabrda AQShga tashrifi mavzusida ham to‘xtalib o‘tdi. Shu munosabat bilan Rays Xitoy rahbariyatini AQShda xavotir uyg‘otayotgan qiberhujumlar, yuan muammosi, dengizdagi xavfsizlik va inson huquqlariga amal qilish kabi bahsli masalalarni hal qilishga konstruktiv yondoshishga chaqirdi.