Jahon | 01:11 / 30.08.2015
2141
1 daqiqa o‘qiladi
Ulyanovskdagi tergov izolyatoridagi yong‘inda halok bo‘lganlar soni 4 kishiga yetdi
Rossiyaning Ulyanovsk shahrining markazida joylashgan 1-sonli tergov izolyatorida chiqqan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.Ru” nashri.
Turli ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 4 tadan 5 tagacha odam halok bo‘lgan. Ayni paytda vayronalarni tozalash ishlari ketmoqda.
Tergov izolyatoridan 33 mahbus va Jazoni ijro etish federal xizmatining ikki nafar xodimi evakuatsiya qilindi. Voqea joyiga Moskvadan maxsus komissiya hamda Ulyanovsk viloyati gubernatori Sergey Morozov yo‘l oldi.