Xabarovsk o‘lkasida 125 tonnalik traulerdagi yong‘in o‘chirildi
Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi “Sovetskaya Gavan” portida 27 avgust kechki payt “Mys Yelizavety” baliqchilik traulerida chiqqan yong‘in 29 avgust kuni o‘chirildi, deb xabar bermoqda Rossiya FVV mintaqaviy boshqarmasi.
27 avgust kuni kechki payt baliqni qayta ishlash sexida traulerda yong‘in chiqqan. Kema bortida 125 tonna dizel yoqilg‘i bo‘lgan. Trauler qo‘shni Byaude buxtasidagi utillashtirilgan kemalar turargohi hududidagi qumli sayozlikka olib chiqilgan. Traulerni o‘chirishda Mi-8 vertolyoti, Rossiya Tinch okeani flotining ikkita kateri va buksiri ishtirok etdi.
Yong‘in 29 avgust kuni o‘chirildi. Neft mahsulotlari oqib ketmagan. Biroq yoqilg‘ining oqib ketishining oldini olish maqsadida kema atrofida yoqilg‘ining sizib chiqib ketishiga qarshi to‘siqlar qo‘yib chiqildi. Barcha ishlar yakunlangandan keyin traulerdagi yoqilg‘ini tortib, olib chiqib ketish rejalashtirilmoqda. Prokuratura voqea yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.