Jahon | 20:02 / 31.08.2015
3373
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistonda 100 nafardan ortiq qiz toksinli gazdan zaharlandi
Afg‘oniston g‘arbida 100 nafardan ortiq qiz toksinli gazdan zaharlanish tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslangan holda Reyter nashri xabar bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, bu voqea Hirot shahridagi ayollar gimnaziyasida sodir bo‘lgan.
Politsiyaning taxmin qilishicha, ommaviy ravishda zaharlanish hodisasi xotin-qizlarning ta'lim olishiga qarshilik qiluvchi afg‘onistonlik so‘l konservatorlar tomonidan uyushtirilgan.
Manbada aytilishicha, shifoxonaga bu suiqasddan jabrlangan jami 124 nafar qiz olib kelingan.
Viloyat gubernatori bu suiqasd ijrochilarini hukumat siyosatiga qarshilar, deb baholagan.