Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShlik ayol o‘zining ikki oylik farzandini supermarketda mahsulotlar solinadigan aravachada qoldirib ketdi
AQShning Arizona shtatida yashovchi ayol supermarketda o‘zining ikki oylik farzandini mahsulotlar solinadigan aravachada yodidan chiqarib qoldirib ketdi.
The Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, 27 yoshli Cherish Peterson ismli ushbu ayol o‘zining 4 farzandidan uchtasi bilan supermarketga jiyanining tug‘ilgan kuni uchun konfet sotib olgani borgan.
Ayol uyga kelgandan keyingina chaqalog‘i supermarketda qolib ketganini payqagan. Bu orada bolakayni politsiyachilar ko‘rib qolishgan. Ayolning aytishicha, u 40 daqiqadan keyin farzandi ortidan supermarketga qaytib kelgan. Politsiyachilar unga farzandini qaytib berishdi, biroq huquq-tartibot muassasalariga ona tomonidan o‘z farzandining xayotiga xavf soluvchi vaziyat yaratgani ustidan shikoyat arizasi topshirishdi.
Ushbu noxush holat OAVlarda ma'lum qilingandan keyin, internet foydalanuvchilari ayolni farzandlarini yomon parvarish qilishda ayblashdi va u spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar ta'sirida mast holda bo‘lgan bo‘lishi mumkin deya taxmin qilishdi. Bu ayblovlarga javoban ayol CBS5 telekanali orqali farzandlarini juda yaxshi ko‘rishini, ro‘y bergan holatni esa tasodif deb atagan.