Sport | 08:52 / 31.08.2015
2578
4 daqiqa o‘qiladi

"Borussiya D" 3 tur o‘yinlaridan keyin Bundesligada peshqadamlik qilmoqda

30 avgust kuni Bundesliganing yana ikkita uchrashuvi orqali 3 tur o‘yinlari yakunlandi.

Dastlab Dortmundning "Borussiya" jamoasi o‘z uyida Berlinning "Gerta" jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda borussiyaliklardan gollarni Xummels, Obameyyang va Ramos urdi. Javob goli esa Kalu hisobiga yozildi.

Nabvatdagi 3 ochkodan keyin dortmundliklar hisobidagi ochkolar soni 9tani tashkil qilmoqda va jamoa to‘plar nisbatiga ko‘ra birinchi o‘rinda joylashgan. "Gerta" 4 ochko bilan 10 o‘rinda.

Borussiya D – Gerta 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 27 Xummels, 2:0 – 51 Obameyang, 2:1 – 78 Kalu, 3:1 – 90 Ramos.
Borussiya D – Byurki, Ginter, Papastatopulos, Xummels, Shmeltser, Gyundogan (Ramos, 79), Vaygl, Kagava, Roys (Pishchek, 79), Obameyang (Xofmann, 71), Mxitaryan.
Gerta – Kraft, Pekarik, Langkamp, Lustenberger, Bruks, Plattenxardt, Shtoker (Vayzer, 46), Shelbred (Baumyoxann, 58), Darida, van den Berg (Kalu, 71), Xaraguti.
Ogohlantirishlar: van den Berg (45), Vayzer (50).

Kecha shuningdek, "Verder" va "Borussiya M" jamoalari o‘zlarining 3 tur doioasidagi o‘yinlarini o‘tkazishdi. Bu o‘yinda mezbon jamoa "Verder" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bremenliklar bu g‘alabadan keyin 11 o‘rinda, "Borussiya M" esa eng oxirgi o‘rinda qolmoqda.

Verder – Borussiya M 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 39, penalti Yuxannsson, 1:1 – 45 Shtindl, 2:1 – 53 Vestergor.
Verder – Vidvald, Gebre Selassi, Lukimya, Vestergor, Garsiya, Bargfrede, Fritts, Garsiya (Kroos, 77), Yunuzovich (Galves, 86), Yuxannsson (Bartels, 70), Udja.
Borussiya M – Zommer, Yanchke, Brauvers, Shults, Vendt, Xerrmann (Xan, 72), Nordtveyt (Daxud, 68), Djaka, Azar, Shtindl, Raffael (Drmich, 81).
Ogohlantirishlar: Jaka (24), Garsiya (30), Garsiya (62), Nordtveyt (66), Vidvald (90).
Chetlatish: Jaka (87).

3 tur o‘yinlarining ilk kungi o‘yinlarida "Bavariya" "Bayyer"ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, ochkolarini 9taga yetkazgan holda ikkinchi o‘rinda ketmoqda. Turnir favoritlaridan biri "Volfsurg" ham "Shalke-04" jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etgan va uchinchi o‘ringa joylashgan.

Bavariya – Bayyer 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Myuller, 2:0 – 60, penalti Myuller, 3:0 – 71, penalti Robben.
Ogohlantirishlar: Vendell (6), Bernat (8), Kramer (18), Alkantara (19), Kruz (72).

Volfsburg – Shalke-04 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Dost, 2:0 – 59, penalti Rodriges, 3:0 – 61 Kloze.
Ogohlantirishlar: Luis Gustavo (51), Riter (52), Aogo (73).

Darmshtadt – Xoffenxaym-1899 0:0 (0:0, 0:0)
Ogohlantirishlar: Tsuber (14), Ut (25), Nimayyer (25), Gondorf (54), Garich (62).

Maynts – Gannover 96 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 15 Muto, 2:0 – 29 Muto, 3:0 – 47 Malli.
Ogohlantirishlar: Prib (67), Zorg (85).

Kyoln – Gamburg 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 47 Xoltbi, 1:1 – 76 Xoziner, 2:1 – 81, penalti Modest.
Ogohlantirishlar: Tsoller (42), Shipplok (49), Ekdal (55), Fogt (68), Risse (83).
Chetlatish: Spaxich (79).

Augsburg – Ingolshtadt-04 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 63 Lekki.
Ogohlantirishlar: Kayubi (13), Xon Chjon Xo (26), Lekki (41), Xartmann (57), Matip (68), Matavj (90).

Shtutgart – Ayntraxt F 1:4 (1:2, 0:2)
Gollar: 0:1 – 11, avtogol Gloushek, 1:1 – 30 Didavi, 1:2 – 42 Kastaynos, 1:3 – 69, penalti Seferovich, 1:4 – 87 Kastaynos.
Ogohlantirishlar: Chendler (21), Shtendera (26), Didavi (48), Abraam (50), Gloushek (86), Ginchek (89).
Chetlatish: Titon (67).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish