Iqtisodiyot | 19:34 / 31.08.2015
2394
1 daqiqa o‘qiladi
Buyuk Britaniya hukumati Maersk’ning 4,5 mlrd dollarlik gaz konini o‘zlashtirish rejasini ma'qulladi
Buyuk Britaniya hukumati Daniyaning neft qazib oluvchi A.P. Moeller-Maersk A/S korporatsiyasining Shimoliy dengizdagi Culzean gaz konini o‘zlashtirish rejasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot agentligi.
Loyiha 4,5 mlrd dollarga baholanmoqda. Ushbu kon 2020 yoki 2021 yilda Buyuk Britaniyaning gazga ehtiyojini 5 foizga qoplay olishi mumkin. Moeller-Maersk konning gaz kondensati zaxiralarini 300 mln barrel neft ekvivalenti darajasida baholamoqda. Gazni tijoriy qazib olish 2019 yilga rejalashtirilgan. Konni 13 yildan kam bo‘lmagan davrda o‘zlashtirish mo‘ljallangan.
Culzean konini o‘zlashtirishda shuningdek JX Nippon Oil & Energy va BP kompaniyalari ham ishtirok etadi.