O‘zbekiston | 12:06 / 31.08.2015
3722
2 daqiqa o‘qiladi

Daniel Rozenblyum O‘zbekistonni mustaqillik bayrami bilan o‘zbek tilida tabrikladi

30 avgust kuni Toshkentda AQSh Davlat kotibining Markaziy va Janubiy Osiyo bo‘limi bo‘yicha yordamchisining o‘rinbosari Daniel Rozenblyum ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Amerikalik diplomat savollarga javob berish asnosida AQSh O‘zbekiston mustaqillikka erishgan ilk kunlardanoq bu yangi davlat suverentitetini hurmat qilgan holda o‘z tashqi siyosatida O‘zbekiston bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yganini ta'kidladi.

Qayd etish kerakki, AQSh davlat departamenti vakili bu matbuot anjumani davomida O‘zbekistonni o‘zbek tilida mustaqillikning 24 yilligi bilan tabrikladi.

"Jahon" AA ma'lumotiga ko‘ra, Daniel Rozenblyum O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalariga to‘xtalar ekan, rasmiy Vashington bu munosabatlarning yanada rivojlanishidan manfaatdor ekanini ta'kidlagan.

Shuningdek, u ikki davlatning madaniyat va ta'lim sohalaridagi aloqalariga e'tiborni qaratgan. U O‘zbekistonda xorij tillarining o‘rgatilishiga jiddiy e'tibor qaratilishi siyosatini juda ijobiy baholagan.

"Madaniy sohalardagi munosabatlar haqida gapiradigan bo‘lsam, davlatlarimiz bu munosabatlarning rivojlanishi yo‘lidan borishmoqda. Ayni vaqtda O‘zbekistonga amerikacha raqs ijrochilari guruhi tashrif buyurgan va bu guruh Toshkentda konsert berishni rejalashtirgan", deydi Rozenblyum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish