Sport | 21:15 / 31.08.2015
2028
1 daqiqa o‘qiladi

Dortmundning "Borussiya" jamoasi "MYu"dan Adnan Yanuzayni ijaraga oldi

"Borussiya D" "MYu"dan belgilik yosh yarimhimoyachi Adnan Yanuzayni 1 yil muddat uchun ijaraga oldi. Bu haqda nemislar jamoasining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Endilikda 20 yoshli futbolchi 2016 yilning yozigacha "Borussiya D" a'zosi hisoblanadi.

Ma'lumot uchun, Adnan Yanuzay "MYu" uchun shu vaqtgacha 45ta o‘yinda maydonga tushgan va 5ta gol urib, 5ta golli pas muallifi bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish