Jahon | 23:12 / 31.08.2015
33830
1 daqiqa o‘qiladi
Eronda 10 yoshli qiz va 14 yoshli o‘smirning to‘yi internet foydalanuvchilarini karaxt ahvolga soldi
Eronda 14 yoshli o‘smir 10 yoshli qizga uylandi. Vesti.Az ning ma'lum qilishicha, yoshlarning ota-onalari ularning to‘ylarini 14 avgustda o‘tkazib berishdi.
Barcha nikohlardagi kabi juftlik to‘y fotosessiyasiga tushdi. Kelinga haddan ziyod makiyaj va kosmetika qilingani uchun u o‘zining yoshidan ancha katta ko‘ringan.
Qayd etish joizki, Eron qonunchiligiga ko‘ra qizlar otalarining roziligi bilan 13 yoshdan turmushga chiqishlari, o‘g‘il bolalar esa 15 yoshdan uylanishlari mumkin.
Eron OAVlari ma'lumotlariga ko‘ra, Eronda 2010 yilda 10-14 ming bola-o‘smirlar turmush qurgan.
Quyida shu to‘yda olingan fotolavhalar keltirilgan.