O‘zbekiston | 20:26 / 31.08.2015
6565
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimov 2 sentabr kuni paradda ishtirok etish uchun Xitoyga jo‘nab ketadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 2015 yil 2-3 sentabr kunlari tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi va Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etadi. Bu haqda UzA xabar berdi.

Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alaba, shuningdek, Xitoy xalqining Yaponiya agressiyasiga qarshi kurashdagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan ushbu paradda 30dan ortiq mamlakat rahbarlari ishtirok etishi ma'lum qilingan.

XXR Davlat kengashi devonxonasining ma'lum qilishicha, tadbirda jami 49 mamlakat vakillari ishtirok etadi.

3 sentabr kuni Tyananmen maydonidan 12 ming askar va zobit parad bilan o‘tadi. Paradga, shuningdek, 200 donadan yer usti texnikasi va samolyot jalb qilinadi.

Paradni tayyorlashga rahbarlik qilayotgan general-mayor Tsyuy Juyning ma'lum qilishicha, paradda ishtirok etadigan texnikaning 84 foizi birinchi marta namoyish etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish