Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:49 / 31.08.2015
2373
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniyadagi feyyerverklar zavodida portlash sodir bo‘ldi
Ispaniyaning shimoli-sharqidagi Saragosa hududida joylashgan feyyerverklar zavodida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi og‘ir jarohat oldi, yana 4 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda qutqaruv xizmati vakillariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Qutqaruv xizmatlari portlash nima sabab sodir bo‘lganini aniqlay olmayapti. Zavodda feyyerverklar va gugurt ishlab chiqarilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish