Jahon | 17:38 / 31.08.2015
2658
1 daqiqa o‘qiladi

Klichko Rada binosi oldidagi namoyish vaqtida 1 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lum qildi

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko Ukraina parlamenti binosi oldida to‘plangan namoyishchilar tomonidan granata orqali portlash amalga oshirilishidan keyin jarohatlanganlardan biri vafot etgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda 112 Ukraina nashri xabar bergan.

"Mendagi ma'lumotlarga ko‘ra, Rada oldidagi to‘qnashuv tufayli halok bo‘lgan bor", deb aytdi Klichko.

Ba'zi manbalarga ko‘ra, portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 1 kishidan ortiqroqni tashkil etadi.

Oxirga xabarlarga ko‘ra, namoyishchilarni tarqatish uchun harakat qilayotgan huquq-tartibot xodimlarining 100 nafardan ortig‘i portlash tufayli jarohatlangani, ulardan 4 nafarining ahvoli o‘ta og‘irligi xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish