Sport | 07:08 / 31.08.2015
2683
1 daqiqa o‘qiladi
Mariya Sharapova jarohati tufayli AQSh ochiq chempionatida ishtirok etmaydigan bo‘ldi
Rossiyalik tennischi Mariya Sharapova jarohati AQSh ochiq chempionatini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda tennischi o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aytib o‘tdi.
Rossiyalik tennischini o‘ng oyog‘idagi jarohati tashvishlantirmoqda.
“Afsuski, men AQSh ochiq chempionatida ishtirok eta olmayman. Men bu musobaqada o‘ynash uchun barcha urinishlarni qilib ko‘rdim, biroq tiklanib olishim uchun vaqt yetmadi. O‘zimning muxlislarimga bir necha haftadan keyin Osiyo seriyasida kortga qaytishimni ma'lum qilmoqchiman. Men sog‘ayib, bu yilni yaxshi yakunlay olishimga umid qilaman”, deb yozmoqda Sharapova.