Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukraina Radasi oldidagi namoyish uchun odamlarga futbolka va pullar berilgan
Ukrainada Oliy Rada binosi oldida o‘tgan namoyishga kelgan odamlarning bir qismi futbolka va pullar evaziga kelgani aytilmoqda. Bu haqda “5 kanal” videosyujyetiga iqtibos keltirgan holda “Ukrainskaya pravda” nashri xabar bergan.
Oligarx Igor Kolomoyskiyning “Ukrop” partiyasi bayrog‘ini ko‘tarib olgan oq futbolkadagi ayol mitingga nima uchun kelganini hattoki bilmasligini aytgan.
Oddiy kiyimdagi boshqa bir ayol esa “desentralizatsiya” so‘zini to‘g‘ri talaffuz qila olmay, mitingga soatiga 50 grivna haq uchun kelganini aytgan.
Videoda, shuningdek, namoyishchilarga tashkilotchilar tomonidan 50 grivnalik pullar berilayotgani lavhalari aks etgan.
Namoyish davomida tartibsizliklar chiqqan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 100 ga yaqin odam yaralangan.
Milliy gvardiyaning kamida bir nafar jangchisi halok bo‘lgani ma'lum qilingan.