O‘zbekiston | 12:21 / 31.08.2015
4528
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek olimlari dori allergiyasi kelib chiqish xavfini bashorat qilish usulini taklif qilishdi

O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Z.Mavlyanov, I.Mavlyanov, L.Daminova va A.Ashirmetov dori allergiyasi kelib chiqish xavfini bashorat qilish usulini taklif etishdi.

Bu usul tibbiyot, aynan, farmakoterapiya va allergologiya sohasida foydalanish uchun mo‘ljallangan. Dori moddalariga allergiya yuzaga kelishi xavfini bashorat qilish usuli allergologik anamnezni tekshirishni, uni ball sistemasi bo‘yicha baholashni va ballar sonini hisoblashni o‘z ichiga oladi.

Mualliflar ushbu taklif etilgan usulga patent olish uchun № IAP 2015 0231 raqamli talabnoma topshirishgan.