Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston taekvondo ITF terma jamoasi Bolgariyadagi JChda uchinchi o‘rinni egalladi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida taekvondoning ITF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
O‘z tarixida 19-marotaba tashkil etilgan chempionatda 97 davlatdan 800 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etishdi. Ular qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari ham to‘liq tarkibda vatan sport sharafini himoya qilishdi.
Yakunda O‘zbekiston terma jamoasi 2ta kumush va shuncha bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi. Jamoaviy sparring bahslarida terma jamoa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.
Finalga qadar yetib borgan Behruz Saidov (78 kg) va Abbos Abdullajonov (50 kg) kumush medal bilan taqdirlandi. Shahzod Mustafoyev 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.