Sport | 18:54 / 31.08.2015
3934
1 daqiqa o‘qiladi

"Pervyy kanal" va VGTRK Yevro-2016 saralashini translyatsiya qilish huquqidan mahrum bo‘ldi

UYeFA Rossiyaning "Pervyy kanal" va VGTRK telekanallaridan Yevro-2016 turniri uchun saralash o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini olib qo‘ydi.

"Bunga qandaydir to‘lovlarning amalga oshirilmagani sabab qilib ko‘rsatilgan. Shunisi aniqki, Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi uchrashuv bu telekanallar orqali efirga uzatilmaydi.
Agar to‘lovlar amalga oshirilsa, UYeFA o‘yinlarni translyatsiya qilish huquqini qaytarib berishi mumkin", deyiladi TASS nashrida.

Ma'lumot uchun, Rossiya va Shvetsiya o‘rtasidagi uchrashuv 5 sentabr kuni «Otkrytiye-Arena» o‘yingog‘ida bo‘lib o‘tadi. Saralash doirasidagi yana bir uchrashuv esa safarda, 8 sentabr kuni Lixtenshteynga qarshi o‘tkaziladi.